YO’LDOSHEV MAHMUDJON

YO’LDOSHEV MAHMUDJON (1953L1.8, Izboskan tumani) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (2000). Kuchli, keng diapozonli ovoz sohibi. T. Jalilov nomidagi Andijon musiqa bilim yurtini tugatgan (1973). Ashulachilik san’ati sirlarini dastlab X. Rahimov, keyinchalik F. Mamadaliyev, F. Hojiqulov, O’. Nuraliyevlardan o’rgangan. Andijon musiqa maktabi o’qituvchisi (1973-78), Andijon filarmoniyasi (1979-86), “maqom” ansamblit (1987 y.dan) xonanda. Repertuaridan maqom yo’llari (“Nasrulloyi”, “Nasri Uzzol, “Chapandozi Iroq”), katta ashula (“O’zbekiston”, “soz etgali keldik”), bastakorlar asarlari (“Qoshi yosunmu deyin”, “xalqimiz”, “Qalandar ishqi”, O. Xotamov; “Qadimgi Ushshoq” turkumi, F. Mamadaliev; “yorimga ayting”, “Qaydasan”, “muhabbat Laylosi”, A. Ismoilov) va boshqalar o’rin olgan.