YO’LDOSHEV SADRIDDIN XO’JAYEVICH
YO’LDOSHEV SADRIDDIN XO’JAYEVICH (1917.22.2 — Toshkent — 1993.24.4) -biolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968), VASXNIL (1978) akademik, biologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). O’rta Osiyo universiteti biologiya fakultetini tugatgan (1939). Toshkent pedagogika iniversitetida o’qituvchi (1939-41), o’rta maktabda direktor (1942-47). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar eksperimental biologiyasi institutida aspirant (1948-51), katta ilmiy xodim (1951-54), Markaziy ilmiy baza direktori (1954-58), shu institut direktori o’rinbosari (1958-65), direktori (1966-70), Butunittifoq Paxtachilik instituti (“SoyuzNIXI”) direktori (1972- 76), VASXNIL O’rta Osiyo bo’limi raisi (1976-84). 1984-93 yillarda O’zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi. Ilmiy ishlari g’o’za biologiyasi, ayniqsa, unyng yotib qolishi sabablari, vilt kasalligiga karshi kurash masalalariga bag’ishlangan. Toshkent 2, Toshkent 3 g’o’za navlari mualliflaridan biri. As: Polegaemost xlopchatnika i puti eyo snijeniya, T., 1966; regulyasiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977 (hamkorlikda); faktori urojaynosti xlopchatnika, T., 1982 (hamkorlikda).