YONLAB SUZARLAR

YONLAB SUZARLAR, har xil oyoqlilar (Amphipoda) — qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uzunligi 1-2 santimetrdan 28 santimetgacha, ko’pincha ikki yon tomondan siqiq. 1-2 ko’krak bo’g’imi boshi bilan qo’shilib ketgan. 2 juft oldingi ko’krak oyoqlarida qisqichlari, barcha oyoqlarida jabralari bo’ladi. Qorin bo’limida 3 juftdan ikki shoxli suzgichlari va sakrovchi oyoqlari bor. Sayoz suvda yonida suzadi (nomi shundan olingan). 4500 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pchiligi dengiz va chuchuk suv havzalari tubida yoki planktonda, ayrim turlari tuproqsa hayot kechiradi. Chuchuk suv havzalarida, ayniqsa, Baykal ko’lida yonlab suzarlar ko’p (240 tur). Hammaxo’r, faqat planktonda yashaydigan turlari orasida yirtqichlari bor. Kit bitlari (Guamidae) kitlarda ektoparazitlik qiladi. Tuxumlari urg’ochisi ko’kragidagi tuxum xaltasida rivojlanadi. Chuchuk suvlarda Gammarus avlodi turlari keng tarkalgan. Yonlab suzarlar suv hayvonlari, ayniqsa, baliqlarning asosiy ozig’i sifatida katta ahamiyatga ega.