YOPISHQOQLIK

YOPISHQOQLIK, qovushoqlik oquvchan moddalar (suyuqliklar va gazlar) ning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga (siljishiga) qarshilik ko’rsatish xossasi. Yopishqoq oqishning asosiy qonunini I. Nyuton topgan (1687). Si tizimida dinamik Yopishqoqlik birligi p — pas (SGSda — Puaz) da ifodalanadi. Turg’unlashgan laminar oqishda doimiy trada gazlar va normal (Nyuton suyuqliklari deb ataluvchi) suyukliqlarning Yopishqoqliki o’zgarmas kattalik; u tezlik gradientiga bog’liq bo’lmaydi. Erigan metallar ham odatdagi suyuqliklar kabi Yopishqoqlikga ega bo’ladi. Suyuq geliy alohida Yopishqoqlik xossasiga ega. 2,172 K temperaturada u o’ta oquvchan holatga o’tib, uning Yopishqoqliki nolga teng bo’lib qrladi. Molekulyar-kinetik nazariya yo.ni molekulalarning harakati va o’zaro ta’siri xususiyatlari bilan tushuntiradi.