YORITILGANLIK

YORITILGANLIK 1) fizikada — yuza birligi (masalan, 1 metr kvadrat) ga tushayotgan yorug’lik oqimi. 2) qishloq xo’jaligida — o’simlikning o’sishi va rivojlanishi, fotosintez jarayoni asosan Quyosh spektrining ko’zga ko’rinadigan qismi ta’sirida sodir bo’ladi Quyosh ta’sirida Yoritilganlik noldan (Quyosh chiqishi va botishida) 100 ming lk gacha (tushga yaqin) o’zgaradi. Bulutsiz osmonda sochma nurdan Yoritilganlik kamdan-kam vaqtda 15 ming lk gacha yetadi. Osmonda parsimon yoki parsimon qatlamli bulutlar bo’lganda va Quyosh tikkaga kelganda gorizontal yuzaning Yoritilganlik 70 ming lk gacha yetishi mumkin. Qalin past bulutlar, ayniqsa, momoqaldiroq hosil qiladigan bulutlar Yoritilganlikni keskin kamaytiradi. Yoritilganlik miqdori bilan yalpi hamda sochma radiatsiya oqimi o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud. Ularning nisbati yalpi (ka) va sochma (Kg) radiasiyaning yorug’lik ekvivalenti yoki o’tkazish (o’tish) koeffisienti deb ataladi. O’simliklar muhitida yalpi radiatsiyaning vertikal taqsimlanishini hamda yalpi va sochma radiatsiyaning yorug’lik ekvivalentini bilgan holda o’simlik qoplamida, xususan ekinzorlarda Yoritilganlikning taqsimlanishini anikdash mumkin. Ekinlarning Yoritilganlik Kattaligi yalpi (yoki sochma) radiatsiyaning unga muvofiq keladigan yorug’lik ekvivalentiga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi. O’rta Osiyo hududida bulutlilik juda kam bo’lgani uchun g’o’za yoki boshqa ekin maydonlarida Yoritilganlik tanqisligi sezilmaydi.