YORMA

YORMA — oziq-ovqat mahsuloti; ko’pincha sholi, bug’doy, suli, arpa, grechixa, makkajo’xori, no’xat singari donlarni maxsus mashinada oklab (butun) yoki maydalab tayyorlanadi. Tarikdan oklangan so’k, sholidan guruch (oqshoq), bug’doydan manniy yormasi, oqlangan bug’doy, arpadan oklangan arpa (perlovka), oklangan oq jo’xori, maydalangan makkajo’xori doni ko’p ishlatiladi. Tarkibida kraxmal, azotli moddalar, oqsil, yog’, uglevodlar, klechatka, mineral tuzlar (kaliy, kaltsiy, magniy, fosfor, temir) vitaminlar mavjud. Klechatkasi kamroq bo’lgani uchun mollarga yaxshi yem bo’ladi, parrandalarga ham beriladi. Donning pusti olib tashlangani sababli Yormaning oziq-ovqatligi jihatidan qadri yuqori, yaxshi hazm bo’ladi, to’yimli va kaloriyali. Yormaning ayniqsa bolalar va turli kasallik bilan og’rigan bemorlar uchun ahamiyati muhim. Odamning oziq-ovqatida Yorma uglevodlar (kraxmal) va o’simlik oqsillarining asosiy manbai. Pazandachilikda Yormadan bo’tqa, suyuq oshlar, garnirlar va boshqa taomlar tayyorlanadi. Fiziologik asoslangan ovqatlanish me’yorlariga ko’ra, ovqat uchun 1 yilda aholi jon boshiga o’rtacha 14-15 kilogramm turli Yorma mahsulotlari iste’mol etish tavsiya etiladi.