YOSHLAR

YOSHLAR — ma‘naviy dunyoqarashi shakllanayotgan, qaror topayotgan, asosiy ijtimoiy o’sishni, intensiv ijtimoiylashuv va moslashuvni, ijtimoiy va ruhiy-fiziologik balog’at yoshni (14-30) boshdan kechirayotgan ijtimoiy demografik guruhdir. Yoshlar mamlakat va millatga hayotbaxshlik bag’ishlab, davlatni kuch-quvvatga to’ldirib, harakatga keltiruvchi, yangilab turuvchi katta ijtimoiy qatlamdir.