“YOSHLIK”

“YOSHLIK” — yoshlarning ijtimoiy-adabiy jurnali. Toshkentda oyda 1 marta chiqadi. Muassislari: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati. Dastlab 1982 yil tashkil etilgan. 1991 yilda hozirgi nom bilan qayta tiklandi. Jurnal yosh iste’dodlarni kashf etish, o’zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini e’lon qilish borasida bir qator xayrli ishlarga qo’l urdi. Jurnal sahifalarida yangi badiiy asarlar bilan bir qatorda bugungi yoshlarning orzu-umidlari, o’y-tashvishlari, ma’naviyati, dunyoqarashlari haqida bahs yurituvchi maqolalar va suhbatlar muntazam berib boriladi. Muharriri — Abduqayum Yo’ldoshev (1999 yildan). “Yoshlik”da turli davrlarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, G’affor Hotamov. Tohir Malik, Sobir O’nar muharrirlik qilishgan. Adadi 10000 (2002).