YOZGI TERMIK DEPRESSIYA
YOZGI TERMIK DEPRESSIYA troposferaning quyi qismidagi past bosimli zonada yuz beradigan sinoptik hodisa; bulutsiz issiq ob-havoda ro’y beradigan tsiklonlarning harakati tufayli kelib chiqadi. Markaziy Osiyoning Janubiy sharqida sodir bo’ladi. Odatda, 2-3 kun, ba’zan, butun tabiiy sinoptik davrga cho’ziladi. Ayrim yillarda Yozgi termik depressiya bir xilda takrorlanmaydi, ammo qancha tez-tez vujudga kelib, uzoq davom etsa, yoz shuncha issiq keladi. Oddiy sharoitda Markaziy Osiyoning tekislik va tog’ oldi qismlarida havoning eng yuqori harorati yozda 35-40° gacha ko’tarilsa, Yozgi termik depressiya avjiga chiqqan paytlarda vohalarda 43 -45° gacha, cho’llarda 48-50° gacha ko’tariladi. Cho’llarda havoning kuchli isishidan Yozgi termik depressiya vujudga keladi.