“YOZI BILAN ZEBO”
“YOZI BILAN ZEBO” — o’zbek xalq dostoni. Dostonda chorvador Poyondaboyning qizi Zebo bilan xizmatkor yozining ishqiy sarguzashtlari aks etgan. Mehnat va muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’ulari, sevgida mard, sabotli bo’lish, inson erki, baxtsaodati uchun kurash g’oyalari bilan chatishib ketadi. “Yozi bilan Zebo” parchalari dehqonchilik bilan bog’liq ishlarda mehnat qo’shiqlari sifatida kuylanadi. Doston o’zining xalqchil ruhi, insonparvarlik g’oyalari bilan tinglovchi va o’quvchilarga ma’naviy va axloqiy zavq bag’ishlaydi. Bu doston parchalarini kuylovchilar yozigo’y, yozichi, yozikash deb ataladi. Yigirmadan ortiq variant yozib olingan. Nisbatan to’la varianti qodir baxshi Rahimovga taalluqlidir (1936— 86). Dostonning bir necha nusxalar asosida tayyorlangan yig’ma varianti nashr qilingan (1962).