YU

YU — o’zbek kirill alifbosining o’ttizinchi harfi. O’zbek adabiy tilida til o’rta, sirg’aluvchi y undoshi bilan til orqa, lablashgan u unlisi birikmasini (yu) ifodalovchi grafema. So’z boshida (yulduz, yurak, yuqori), o’rtasida (buyuk, tuyuq, evolyutsiya) va oxirida (intervyu, menyu) kela oladi. Yuklama va bog’lovchi sifatida qo’llanishini hisobga olmaganda, so’z oxirida faqat Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar tarkibida uchraydi. Turkiy xalqdar qo’llagan Avesto, urxun-yenisey, Sug’d, uyg’ur, Arab, lotin grafikalari asosidagi alifbolarda bunday grafema mavjud emas, u faqat kirill (rus) grafikasi asosidagi alifbodagina uchraydi.