YUDAXIN KONSTANTIN KUZMICH

YUDAXIN KONSTANTIN KUZMICH (1890.31.5, Orsk 1975.22.2, hozirgi Bishkek) — sharqshunos-turkiyshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1952), Qirg’iziston Fanlar Alademiyasi akademik (1955), professor (1940), Filologiya fanlari Doktori (1949). Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Turkiston o’qituvchilar seminariyasini (Toshkent, 1910), O’rta Osiyo universitetining Sharq fakutetini tugatgan (1925). Mankent, Qorabuloqdagi rustuzem maktablarida o’qituvchilik qilgan (1910— 15), Sintszyanda ilmiy safarda bo’lgan (1915-20); Leningradda Sharqshunoslik institutida o’zbek, uyg’ur, qozoq va qirg’iz tillari o’qituvchisi (1925-32), Moskva sharqshunoslik institutida uyg’ur tili kafedrasi mudiri (193244), Qirg’iziston Fanlar Akademiyasi (SSSR FA filiali) til va adabiyot instituti ilmiy xodimi (1944-52), Qirg’iziston davlat pedagogika instituti (1946-51), Farg’ona pedagogika instituti (1952-54) professor, Qirg’iziston universitetida maslahatchi professor (1955 yildan). Yudaxinning ilmiy ishlari o’zbek, uyg’ur, qirg’iz tillari tarixi, lahja va shevalarini, ularning genezisi va o’zaro aloqasini, mazkur turkiy tillarning boshqa oiladagi tillar bilan munosabati, turkiy tillar yozuvi, leksikografiyasi va terminologiyasini o’rganish masalalariga bag’ishlangan. Yudaxin birinchi bo’lib o’zbek tili shevalarini o’rgangan, o’zbekcha-ruscha (Arab alifbosida; T., 1927), qirg’izcha-ruscha (M., 1940) lug’atlarni tuzgan olimlardandir. Uning 1965 yilda Moskvada nashr etilgan “qirg’izcha-ruscha lug’at”i Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1967).