YUNGVALDXILKEVICH EMIL OLGERD IOSIFOVICH

YUNGVALDXILKEVICH EMIL OLGERD IOSIFOVICH [1897.14(26).4, Kiyev — 1967.6.8, Toshkent] — opera rejissyori, pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1939). O’zbek operasi asoschilaridan. Kiyev teatr akademiyasini tugatgan (1920). 1922-34 yillarda Xarkov, Jitomir, Odessa, Perm opera teatrlarida rejissyor. Toshkent rus opera va balet teatrida, O’zbek davlat musiqali drama teatrida (1934-40), Olmaota opera va balet teatrida (1940-43) bosh rejissyor, badiiy rahbar. 1943-67 yillarda Toshkent konservatoriyasida pedagog, dotsent (1964). 1943-64 yillar (oradan uzilishlar bilan) Navoiy teatrining bosh rejissyori. “Farhod va Shirin” (V.Uspenskiy, G.Mushel) musiqali dramasi va “Er Targ’in” (E.Brusilovskiy), “Buyuk kanal”, “Bo’ron” (S.Vasilenko, M.Ashrafiy,), “Tohir va Zuhra” (T.Jalilov, B.Brovsin), “Karmen” (J.Bize), “Yevgeniy Onegin” va “Qarg’a motkasi” (P.Chaykovskiy, o’zbek tilida), “Dilorom” (M.Ashrafiy), “Knyaz Igor” (A.Borodin) kabi operalarni rejissyor sifatida sahnalashtirgan.