YUNUSOV MUHAMMADJON SOBIROVICH
YUNUSOV MUHAMMADJON SOBIROVICH (1932.5.1 — O’sh viloyati, Jalolobod shahri — 2002.15.10) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993), fizika-matematika fanlari Doktori (1981), professor (1983). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1955 yildan), laboratoriya mudiri (1971-78, 1982-83), tajriba zavodiga ega bo’lgan maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1978-79, 1988-89), direktor o’rinbosari (1979— 82), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi “Fizika—Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Bosh direktorining birinchi o’rinbosari (1987— 88), Toshkent elektrotexnika aloqa institutida ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (1983-88). Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarimo’tkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli ko’rinishdagi energiyalar va chuqur kirib boruvchi nurlar ta’sir etganda ularda yuz beradigan elektr jarayonlarni tekshirishga bag’ishlangan. Yunusov boshchiligida qishloq xo’jaligi uchun o’ta muhim va istiqbolli bo’lgan masala maxsus aralashmalar bilan boyitilgan yarim o’tkazgichlarda radiatsion jarayonlarni o’rganish asosida qator ilmiy yechimlar ishlab chiqildi. Axad. P. Q. Habibullayev bilan hamkorlikda Yunusov g’o’za urug’ini ekish oldidan fizik ta’sirdan o’tkazish yo’li bilan paxta hosilini oshirish masalasini hal qildi. As: Fizicheskie yavleniya v kremnii, legirovannom elementami platinovoy grushsh, T., 1983; Elementarnne atomnne prosessi i elektronnaya struktura defektov v poluprovodnikax (v soavtorstve), T., 1986.