YUNUSOVA LUTFI ASADOVNA

YUNUSOVA LUTFI ASADOVNA (1949.4.3, Toshkent shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1974). 1967 yildan Toshkent shahri Sobir Rahimov tumanidagi bolalar bog’chalarida, 1986 yildan 102-zaif eshituvchi bolalar maxsus internat maktabida tarbiyachi, 1990 yildan 106-zaif eshituvchi bolalar maxsus internat maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi.