YUPITER

YUPITER (lotincha — qadimgi rimliklarning oyaiy xudosi nomidan) — Quyosh sistemasidagi eng katta, Quyoshdan uzoqligi bo’yicha beshinchi Sayyora. Astronomik belgisi Ts. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 5,204 astronomsh birlik (778,6 million kilometr) ga teng. Orbitasining ekstsentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita bo’ylab o’rtacha tezligi 13,01 km/s. Yerdan Quyoshga nisbatan qarama-qarshi turishi har 398,88 sutkada qaytariladi (sinodik davr), ya’ni bunday ro’para turish vaziyati har gal avvalgisidan deyarli bir oy kech keladi. Bu vaqtda yu. ko’zga ancha Ravshan (Venera va Marsdzm keyin) Sayyora bo’lib ko’rinadi. Uning ko’rinma yulduz kattaligi — 1,2 dan 2,7 gacha o’zgarib turadi. Yupiter teleskopda elliptik disk shaklida ko’rinadi. Ko’rinma diametri 32″ dan 50″ gacha o’zgarib turadi. 17-asr boshida Yupiterni T.Galiley birinchi bo’lib o’z teleskopida kuzatgan. Yupiterning haqiqiy ekvatorial diametri 143600 kilometr bo’lib, Yer diametridan 11,26 marta katta. Uning qutbiy diametri bo’yicha bosiqligi 1/16 bo’lib, qutbiy diametri ekvatorial diametridan 1100 kilometrga qisqadir. Yupiterning sirti Yer sirtidan 122 marta, hajmi 1345 marta katta, yo’ldoshlarining harakatlariga asosan aniqlangan massasi Yernikidan 318,36 marta katta, ya’ni 191029 gramm; lekin zichliga Yer zichligining 0,24 qismiga teng, ya’ni 1,33 g/sm3. Yupiter sathidagi og’irlik — tezlanishi Yerdagidan 2,51 marta katta, kritik tezlik, ya’ni og’irlik kuchi ta’sirini yengib chiqish tezligi 59,5 km/s. Teleskopda kuzatilganda Yupiter sirtida ekvator bo’ylab qora belbog’lar qo’rinadi. Bu belbog’lar vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, bundan ko’rinayotgan hodisalar uning sirtida emas, balki atmosferasiga tegishli, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter gardishida bunday o’zgarib turadigan belbog’lardan tashqari deyarli doimiy, o’zgarmaydigan detallar ham quzatiladi. Masalan, 1878 yilda kashf etilgan qizil dog’ elliptik shaklda bo’lib, uning o’lchami 13000×40000 kilometr. 1974 yilda AQSh ning “Pioner11” sayyoralararo avtomatik styasining 43000 kilometr masofadan yuborgan ma’lumotlariga qaraganda qizil dog’ hozir ham rivojlanib borayotgan ulkan atmosfera to’fonidan iborat ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu dog’ Yupiter atmosferadagi juda kuchli qo’zg’alish jarayoni bo’lib, gaz massasining aylanishi bo’lishi mumkin degan taxmin bor, ammo bu hodisaning sababi aniq emas. Qizil dog’ba’zi yillarda keskin qizil rangda, ba’zi yillarda oqish rangda bo’lib, yaxshi ko’rinmaydi, hatto butunlay ko’rinmay qolishi ham mumkin. Yupiterning zichligi boshqa gigant sayyoralardagiga nisbatan kam bo’lgani uchun u, asosan, vodorod va geliydan iborat bo’lishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Yupiter atmosferasi 60% molekulyar vodorod, 36% geliy, 3% neon, 1% ga yaqin ammiak va metandan tashkil topgan. Yupiter atmosferasidagi vodorod va geliyning o’zaro nisbati Quyoshdagidek. Shuningdek, Yupiterning magnit qutblari er magnit qutblariga qarama-qarshi ekanligi va kuchli radiatsion belbog’lar mavjud bo’lib, Yernikidan 10 marta kuchli, radiasion belbog’larida elektronlar kontsentrasiyasining 1000 marta ortiqligi tasdiqlandi. Harakatlanuvchi detallarini kuzatish natijasida Yupiterning o’z o’qi atrofida aylanishi aniqlangan. Yupiter ekvator tekisligining ekliptika tekisligiga og’maligi 3° g bo’lib, unda yil fasllari yo’q va har xil kenglamalarda aylanish davri turlicha. Yupiter Yerga nisbatan Quyosh energiyasini 27 marta kamroq oladi, shuning uchun Quyosh nuri tushgan va eng ko’p isiydigan hududlari sirtidagi temperatura — 100-150°. Shuning uchun Yupiterdagi bulutlar past trada kondensatsiyalangan ammiak kristallaridan iborat deb hisoblanadi. Yupiterning 17 ta yo’ldoshi bo’lib, eng yirik 4 tasini 1610 yilda G.Galiley ochgan. Ular Io, Yevropa, Ganimed va Kallisto bo’lib, kichik durbinda ko’rinadi. Ularning orbitalari deyarli aylanadan iborat va Yupiterning ekvator tekisligida yotadi. Daniyalik astronom O.Ryomer 1675 yilda Yupiter birinchi yo’ldoshining tutilishi (Yupiterning orqasiga o’tishi)ni kuzatib, yorug’lik tezligini o’lchagan, 4 ta yo’ldoshning sirtidagi detallarni kuzatib, ularning o’z o’qi atrofida aylanish davri Yupiter atrofida aylanish davriga tengligini va ular doim Yupiterga bir tomoni bilan turishini aniqlagan. Yupiterning yo’ldoshlarida atmosfera topilmagan. 19-20-asrlarda Yupiterning yana 13 ta juda kichik yo’ldoshlari topildi (17 yo’ldosh 1999 yil kashf etilgan). Bulardan 8 13 va 17 yo’ldoshlarning Sayyora atrofida teskari tomonga harakatlanishi aniqlangan. Yupiterni tadqiq etishda AQSh ning Yupiter yaqinidan uchib o’tgan “Pioner10” (1973), “Pioner11” (1974), “Voyajer1”, “Voyajer2″>(1979) sayyoralararo avtomatik stansiyalari va sayyoraning birinchi sun’iy yo’ldoshi “Galileo” (1995-2001) kemasining hissasi juda katta bo’ldi. Bu kema yordamida Yupiterning juda shaffof va yupqa tashqi halqasi borligi aniqlandi.

YUPITER — Rim mifologiyasida oliy Xudo; osmon, olam, yomg’ir, momaqaldiroq, chaqmoq xudosi sifatida e’zozlangan. Keyinroq unga Rim davlatining homiysi sifatida ham sig’iniyagan. Yupiter yunon mifologiyasidagi Zevs bilan tenglashtirilgan, Zevs to’g’risidagi rivoyatlar Yupiterga ham o’tgan.