YURMALA

YURMALA — Latviyadagi shahar. 1959 yil noyabrda Kemeri va Sloka shahrilari hamda Riga shahri ning Yurmala tumanidan tashkil etilgan. Riga qo’ltig’ining Janubiy sohili va Lielupe daryosi oralig’ida joylashgan. Tarkibiga Lielupe, Buldure, Dzintari, mayori, Dubulti aholi punktlari ham kiradi. Aholisi 55,7 ming kishi (2001). Iqlimiy kurort (Riga sohili, Kemeri balneologik va balchiq kurorti bor). Tsellyulozaqog’oz, sport qayiqlari, torf, tsement va taxta tilish zavodlari, badiiy to’qimachilik va galanteriya, “Texnoinform” fkalari ishlab turibdi. Tarix va badiiyot muzeylari, latish shoiri Ya. Raynis muzeydala hovlisi bor.