YUSHMANOV NIKOLAY VLADIMIROVICH

YUSHMANOV NIKOLAY VLADIMIROVICH [1896.12(24).2, Peterburg 1946.2.4, Leningrad] — rus tilshunos sharqshunosi. SSSR Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943). 1931-46 yillarda SSSR Fanlar Akademiyasi til va tafakkur institutida ishlagan. Ilmiy faoliyatini 1911 yildan interlingvist sifatida, ya’ni xalqaro sun’iy til yaratish muammosi haqida maqolalar e’lon qilish bilan boshlagan. Bu faoliyat natijasi o’laroq “xorijiy so’zlar grammatikasi” (1933), “Yer sharidagi lotin yozuvlari uchun ochqich” (1941), “Tillar aniqlagichi” (1941) asarlarini yaratadi. Yushmanov, shuningdek, yozuv va yozma nutq nazariyasi, yangi alifbolar yaratish, terminologiyani tartibga solish bilan ham shug’ullangan, ammo ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishi somhom (afroosiyo) tillarini o’rganish bo’lgan. Yushmanovning “Arab adabiy tilining grammatikasi” (1928) asari bilan Rossiyada Arab adabiy tilini zamonaviy lingvistik tahlil metodlarini qo’llagan holda o’rganish boshlangan. As: grammatika literaturnogo arabskogo yaznka, L., 1928 (3izd. M., 1985); Grammatika inostrannnx slov, v kn.: Slovar inostrannnx slov, M., 1937; Stroy amxarskogo yaznka, L., 1936; Story yaznka xausa, L., 1937; klyuch k latinskim pismennostyam zemnogo shara, M., 1941.