YUSUF YASOVULBOSHI MADRASASI

YUSUF YASOVULBOSHI MADRASASI — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1906); Ichan qal’a markazida. Usta Yusuf Xos Hojib maqbarasi (11-asr, Qashqar). Qalandar Ko’chum tomonidan xonning yasovulboshisi Yusuf mablag’iga qurilgan. Madrasa to’rtburchak tarhli (35×25 metr), burchaklariga bir oz turtib chiqqan guldastalar ishlangan, peshtoqgumbazli (peshtoq balandligi 8 metr), atrofi oldi ravoqli hujralar bilan o’ralgan hovli (21×11,2 metr), masjid (5×5 metr) dan iborat. Peshtoq qanosiga 2 ta yassi ravoqlar ishlangan; peshtoqning 2 yonida qator ravoqli 3 gumbazli miyonsaroy bo’lib, miyonsaroyning Janub tomonida u bilan bog’lanmagan (kirish eshigi tashqaridan bo’lgan) 2 ta hujra va shimol tomonida charxi gumbazli masjid joylashgan, masjid oldi yordamchi xo’jalik xonalari bilan o’rab olinib, kichik maydoncha (9×14 metr) hosil qilingan.