YUSUFBEKOV NODIRBEK RUSTAMBEKOVICH

YUSUFBEKOV NODIRBEK RUSTAMBEKOVICH (1940.7.1, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik. (2000). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari Doktori (1971), professor (1973). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962), shu institutda assistent kimyo-texnologiya jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish kafedrasi mudiri (1966 yildan). Toshkent mashinasozlik instituti rektori (1989— 91), Toshkent texnika universiteti rektori (1991-92), O’zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo’mitasi raisi (1992— 94), “O’zkimyosanoat” boshqaruvi raisi (1994-2001), Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori (2001— 2003). “Kimyoviy texnologiya: nazorat va boshqaruv” jurnali bosh muharriri (2005 yildan). Ilmiy ishlari kimyo-texnologiya jarayonlarida o’lchash texnikasi, uning usullari va asbobsozlikni rivojlantirishga oid. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1999). As: kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari (hamkorlikda), T., 2003; optimallashtirishga kirish (xamkorlikda), T., 2004.