YUSUFBEKOV RUSTAMBEK

YUSUFBEKOV RUSTAMBEK, Rustambek domla (1880 — Toshkent — 1950.17.5) — pedagog, o’zbek ma’rifatparvari. Dastlab maktabxonadan so’ng Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasasida o’qigan. 1910- yillarda yangi usul maktabi ochib, unda o’qituvchilik qilgan. “Ta’limi avval” (“Dastlabki ta’lim”) Alifbe kitobini (1913), “Ta’limi soniy” (“Ikkinchi ta’lim”) o’qish kitobni (1915) yozgan. Jadidchilik harakatida qatnashganligi uchun qamalgan.