YUZ YILLIK URUSH

YUZ YILLIK URUSH (1337-1453) — Angliya va Frantsiya o’rtasida Gien (12-asrdan inglizlar mulki), Normandiya, Anju (inglizlar tomonidan 13-asrda qo’ldan boy berilgan), Flandriya uchun bo’lgan urush. Angliya qiroli Eduard III (Frantsiya qiroli Filipp Ivning nevarasi) ning Frantsiya taxtini da’vo qilishi bahona bo’lgan. Angliya Sleyse (1340), Kresi (1346), Puate (1356) yaqinidagi janglarda g’olib chiqqan. 1360 yil Bretanda tuzilgan bitim Frantsiyaning kattagina hududi Angliyaga o’tganligini tasdiqladi. 14-asrning 70-yillarida inglizlarning deyarli hammasi Frantsiyadan haydab chiqarildi. Biroq Azenkur yaqinidagi g’alabadan so’ng (1415) inglizlar burgundiyaliklar bilan hamkorlikda Frantsiyaning shimolini bosib olgan. Ingliz bosqinchilariga qarshi xalq kurashiga Janna D’Ark rahbarlik qilgan. Uning boshchiligida frantsuz qo’shinlari 1429 yil Orlean qamalini yorib o’tgan. Yuz yillik urush inglizlarning Bordoda so’zsiz taslim bo’lishlari bilan tugagan (1453). Angliya Frantsiya hududida faqat Kale shahrinigina qo’lda tutib qolgan (1558 yilgacha). Yuz yillik urush markazlashgan frantsuz davlatining qaror topishida muhim bosqich bo’lgan.