ZAFAROBOD TUMANI

ZAFAROBOD TUMANI – Jizzax viloyatidagi tuman. 1973 yil 12 aprelda tashkil etilgan. Janubda Jizzax tumani, shimoli g’arbda Arnasoy va Do’stlik tumanlari, shimolda Forish tumani, sharqda Paxtakor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,47 ming kilometr kvadrat. Aholisi 40,3 ming kishi (2000). Zafarobod tumanida 1 shaharcha (Zafarobod), 7 qishloq fuqarolari yig’ini (birlik, Yorqin, Lolazor, Timiryazev, Uchqahramon, Chimqo’rg’on, Hulkar) bor. Markazi — Zafarobod shaharchasi. Tabiati. Zafarobod tumani hududi Mirzacho’l dashtining g’arbida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislik bo’lib, lyossimon qumoq va qumloqlardan iborat, bir qismi Nurota tog’larining shimoli sharqiy etaklariga tutash. Iklimi kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 26-28°, yanvarniki — 8,5°. Yiliga 250-280 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yer osti suvlari yuza, sho’r va sho’rtob. Yerlari Janub Mirzacho’l kanalidan sug’oriladi. Oqova sho’r suvlarni chiqarib yuborish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi o’simliklar. Aholisi asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, tatar, qirg’iz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga 85 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligi. Tumanda 5 ta sanoat korxonasi: paxta tozalash zavodi, non yopish tsexi, bosmaxona, “Bunyod” ishlab chiqarish korxonasi, “Ulug’bek” xususiy ishlab chiqarish birlashmasi bor. Qishloq xo’jaligida 17 shirkat xo’jaligi va Iijara shirkat jamoasi mavjud. Meva-sabzavot quritish, gilam-poyondoz tsexlari, makaron tsexi, tegirmon, moyjuvoz, bichi-shtikish tsexlari ishlab turibdi. Xo’jaliklarda 11,5 ming qoramol, 37,2 ming qo’y-echki boqiladi. Asosan, go’sht, sut, mevasabzavot, poliz ekinlari, g’alla yetishtiriladi. Zafarobod tumanida dehqon fermer xo’jaliklari, xususiy va kichik korxonalar, tijorat do’konlari faoliyat ko’rsatmoqda. 70 dan ortiq umumiy ta’lim maktabida 28600 o’quvchi ta’lim olmoqsa. Litsey va gimnaziya mavjud. 34 kutubxona, 385 o’rinli 3 kasalxona, 8 davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik shoxobchasi, 5 dorixona, 94 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi xizmat ko’rsatmoqda. Tuman hududidan Buyuk ipak yo’li deb atalgan qad. karvon yo’li o’tgan. Ustrushona, Zomin, Pishog’ar kabi tarixiy joylar, ko’hna qal’alar qoldiqlari, qadimgi qabristonlar saqlangan. Tumanda Dashtobod temir yo’l stantsiyasi bor. Zomin — Toshkent, Zomin — Jizzax, Zomin — Guliston kabi yo’nalishlarda avtobus qatnaydi. Tumanda “Sharq tonggi” gazeta nashr etiladi (adadi 2000).