ZAKARIADZE SERGEY ALEKSANDROVICH
ZAKARIADZE SERGEY ALEKSANDROVICH [1909.18.6 (1.7), Boku 1971.13.4, Tbilisi] — gruzin aktyori. 1928-56 yillar Marjanishvili iomidagi, 1956 yildan Sh. Rustaveli nomidagi gruzin teatrlarida aktyor (1969 yildan badiiy rahbar). Murakkab xarakterli kishilar obrazini yuksak san’at bilan yaratgan. Domentiya (“Uchqundan…”), Gigauri (“Uning yulduzi”), Edip (“Shoh Edip”) va boshqa teatr sahnasida o’ynagan eng yaxshi rollaridir. Kinoda esa Baratashvili (“Georgiy Saakadze”), Bagration (“Kutuzov”), Georgiy Maxarashvili (“Soldat otasi”) kabi badiiy yetuk obrazlar yaratgan.