Zakot
Zakot-Islom dinining besh asosiy talablaridan biri bo’lib, mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadlarining qirqdan bir ulushiga teng. Dehqonlar va cho’ponlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori bo’lgan. Zakot kambag’allar, yetim-yesirlar, kasallar va hech kimi yo’q ayollar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan.