Zakot

Zakot (arabcha-tozalanish, sadaqa berish)-mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega katta yoshdagi musulmon Zakot beradi. Zakot beruvchi kishining mablag’i o’zi va qaramog’idagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha bo’lishi lozim. Bu mablag’ga kishining jamg’armasi, do’konda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qo’ygan narsalari, birobga bergan qarzi kiradi. Zakot miqdori mablag’larning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni Zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muhtojlarga, bunday qarindoshlar bo’lmasa, kambag’al, qarzdor, musofiqlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan.