ZAL
ZAL (nemischa Saal) — ko’pchilikka mo’ljallangan katta xona, xonaqoh, talor. Zallar hashamatli saroylarning asosiy qismi sifatida barpo etilgan. Bunday Zallarda har xil qabul marosimlari, ziyofat va tantanali majlislar o’tkazilgan. Zalning qurilishi va bezaklarida turli xalqlarning o’ziga xos milliy me’morlik an’analari o’z ifodasini topgan. Uyg’onish davrida Zallar qurilishi yuksak darajada rivojlangan. Keyinchalik Zallarning ommaga ijtimoiy-siyosiy va madaniy xizmat ko’rsatadigan turli ko’rinishlari yaratildi: Majlis Zallari, kontsert, sport, klub, muzey, kutubxona, qiroatxona Zallari, vokzal, aeropot Zallari, kino va teatr binolarining tomosha Zallari va hokazolar.