ZAMBEZI
ZAMBEZI — Afrikaning Janubidagi (Jazoir, Zambiya, Namibiya, Zimbabve, Mozambik hududi) Daryo. Uzunligi 2660 kilometr, havzasining maydoni 1330 kilometr kvadrat. Zambiya hududidagi lunda platosidan, 1100 metr balandlikdan boshlanadi. Asosiy irmoqlari — Kafue, Luangva, Shire. Ba’zi yillarda 3. havzasiga Okavango (Kubango) daryosi ham qo’shilib ketadi. Afrikaning eng yirik ko’llaridan biri Nyasa ham Zambezi havzasiga mansub. Yuqori oqimida 1200 kilometr masofada tekislikdan oqadi. O’rta oqimida qattiq jinslar ustidan o’tgan joylarda Ostona va sharsharalar (Viktoriya sharsharasi va boshqalar) hosil qilgan. Quyi oqimida vodiysi va o’zani juda keng. Mozambik qo’ltig’iga 120 kilometr qolganda deltasi boshlanadi. Asosan, yomg’irdan suv oladi. Yog’ingarchilik davri (dekabr — aprel) da to’lib oqadi. Yiliga 100 million tonna oqiziq keltiradi. Quyilish joyida o’rtacha suv sarfi 16 ming m3/s. Zambezining gidroenergiya resurslari nihoyatda katta. O’rta oqimida Kariba suv ombori (maydoni 5200 km2) va GES (705 ming kVt) qurilgan. Kemalar, asosan, Zambezining Zambiya hududida qatnaydi. Deltasida Shinde porti bor. Zambezi va uning irmoqlaridan baliq ovlanadi. Zambezi havzasini birinchi marta ingliz sayyohi D. Livingston 1851-56 va 1858-62 yillarda tadqiq qilgan.