ZAMBOANGA

ZAMBOANGA — Filippindagi shahar. Mindanao orolning Janubiy-g’arbidagi port. Aholisi 600 ming kishi (2000). Xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Yog’ochsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xo’jalik (kokos yong’og’i, Abaka tolasi, kopra) va o’rmon mahsulotlari chetga chiqariladi. Shaharga 1635 yilda asos solingan.