ZAMENGOF
ZAMENGOF (Zamenhof) Lyudvik (Lazar Markovich) [1859.15(27). 12, Belostok — 1917.14(27).4, Varshava] — esperanto tili asoschisi, vrach. 1887-97 yillarda Ukraina (Xerson, Lvov, Odessa va boshqalar) da yashagan. Dr Esperanto taxallusi bilan xalqaro yordamchi sun’iy til loyihasini nashr ettirgan. Shu tilda o’zining bir qancha ilmiy ishlarini yaratgan (“Baynalminal til” va boshqalar). Zamengof “Xalqaro til” (1887), “Xalqaro tilning mohiyati va kelajagi” (1900) kabi ilmiy asarlar muallifi.