ZAMINDOR
ZAMINDOR (forscha — yer egasi) -1) G’arb (Yevropa) adabiyotidagi “Feodal” istilohini Movarounnahr xalqlari orasidagi nomlanishi bo’lib, O’rta Osiyo xonliklarida yirik yer egasini anglatgan; 2) o’rta asrlarda Hindistonda yirik yer egasi. Dehli sultonligida va Boburiylar saltanatida vassal hokimlar (roja, Sulton va mahalliy elat boshliqlari) 17—18 asrlarda Bengaliya, Bihar, Markaziy Hindistonda ijarador, shimol-G’arbiy Hindistonda jamoaning tuda huquqli a’zosi (dehqon) ham Zamindor deyilgan. Inglizlar mustamlakasi vaqtida zamindori tizimi bo’yicha yer solig’i tulaydigan xususiy yer egalari ham Zamindor deb atalgan. Zamindor yerlari jogir yerlaridan farqli ularoq merosga qoldirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgach, zamindorlik tizimi tugatildi.