ZAMINKORI
ZAMINKORI, zaminli o’yma — o’ymakorlik turi; yog’och, ganch, tosh o’ymakorligida keng qo’llaniladi. Zamindo’zida iskanaqalam naqsh chiziladigan tekislikka tikka (ko’ndalang) qo’yilib, zamingacha to’fi burchak hosil qilib tushiriladi. Zamindo’zi maxsus zamin qalamlar bilan o’yiladi. Zamindo’zi usulida bajarilgan naqsh mujassamotida nur va soyaning nozik o’yini saqlanadi. To’g’ri burchakli bo’rtmaning yuzasi bepardoz yoki pardozsiz o’yma deyiladi.