“ZANG O’YIN”

“ZANG O’YIN” 1) bilak, bel, to’piqqa bog’langan qo’ng’iroqchalar tovushiga jo’r bo’lib tushiladigan raqs. Raqqos(a)ga bog’langan qo’ng’iroqchalar tana, qo’l va oyoq harakatlanganda ma’lum ohang beradi. Raqqos(a)ning o’z harakatlariga o’zi jo’rnavozlik qilishi “Zang o’yin”ning asosiy xususiyatidir. Buxoro va Xorazmda keng tarqalgan; 2) Farg’onada raqs maktabiga taalluqli “katta o’yin” usullaridan biri; 3) qadimda nikoh to’ylarida ko’p qismli raqs.