ZANGLASH
ZANGLASH — metallning tashki muhit (namlik, karbonat angidrid va boshqalar) ta’sirida havo kislorodi bilan oksidlanib, qo’ng’ir g’ovak parda (zang) bilan qoplanishi. Zangpoya, bodiyoni Rumi (Conium maculatium L.) — qoqidoshlar oilasiga mansub ikki yillik o’simlik. Poyasi 1 — 2 metr, pastki qismida qizil xollari bor. Barglari ketmaket joylashgan, patsimon qirqilgan. Gullari oq, mayda, murakkab soyabonga to’plangan. Shimol yarim sharda tarqalgan. O’rta Osiyoning butazorlarida va daryo qirg’oqlarida, Janubda ko’proq tog’larda uchraydi. Zanglash zaharli o’simlik, tarkibida koniin alkaloidi bor.