ZARANGDOSHLAR
ZARANGDOSHLAR (Asegaseae) — ikki urug’pallalilar sinfiga munsub, barglari to’kiluvchi, doim yashil daraxt va butali o’simliklar oilasi. Ikki turkumni o’z ichiga oladi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, panjasimon bo’lmali yoki patsimon murakkab. Gullari to’g’ri. Mevasi quruq, qo’sh qanotchali va ikki urug’li. Zarangdoshlar oilasi 121 turdan iborat, shundan 120 turi zarang turkumiga mansub. Bitta turdan iborat ikkinchi turkum (dipteroniya) Markaziy Xitoyda tarqalgan.