ZARCHOPON

ZARCHOPON — qovunning o’rtapishar navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida shirali va mahalliy Cho’gari navlarini duragaylab yaratilgan (1986; R. Hakimov, A. S. Shchukina). Shakli cho’ziq yoki tuxumsimon. Og’irligi 2,8— 3,4 kilogramm. Sirti sal tilim-tilim, Tuey och sariq, to’rlari to’qyashil. Po’sti o’rtacha, qattiq, eti pushtirang, shirin, asal hidi keladi. Tarkibida 15% quruq modda mavjud. Urug’i o’rtacha, sarg’ish, urug’idan unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 77-93 kunda pishadi. 1990 yildan respublikaning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Hosildorligi 20-25 tonna/gektar.