ZARIFOVA XOLIDA
ZARIFOVA XOLIDA (1927.27.2, Toshkent) — qizi. Birinchilar qatori ish boshlagan o’zbek tsirki ayol san’atkorlaridan. Uzbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1953). O’z ijodini 1937 yildan boshlagan. 1938 yildan ot ustida murakkab mashqlar ijro eta boshlagan. 40 yillardan esa “Chavandozlar” dasturining ko’rki sifatida tanilgan va o’rgatilgan ot ustida murakkab mashqlarga o’zbek milliy raqsini uyg’unlashtirib maxsus tomosha ijod etgan, yillar davomida raks murakkabligi, go’zalligini takomillashtira borgan. Keyingi yillarda “Ko’zboylag’ich” janrini ham uzlashtirib tomosha ko’rsatdi. “Do’stlik” ordeni (1998) bilan taqdirlangan.