ZARYADLASH QURILMASI

ZARYADLASH QURILMASI 1) elektrotexnikada — akkumulyatorlar va kondensatorlar batareyasini zaryadlash uchun o’zgarmas tok beruvchi agregat; zaryadlash generatori yoki to’g’rilagichli transformator, taqsimlash qurilmasidan iborat. Akkumulyator Zaryadlash qurilmasi davriy zaryadlash, uzluksiz va uzlukli zaryadlash, qo’shimcha hamda qayta zaryadlashda qo’llaniladi. Akkumulyator batareyalari zaryadlash toki sig’imi va kuchlari tengligi alomatlari bo’yicha alohida guruhlarga yig’iladi. Davriy zaryadlashda batareyalar ikki guruhga bo’linadi va Zaryadlash qurilmasi ulardan bitta guruhini zaryadlaydi. Uzluksiz zaryadlashda ham nafuzka tarmog’i ta’minlanadi, ham akkumulyatorlar batareyasi zaryadlanadi. Uzlukli zaryadlashda esa Zaryadlash qurilmasi muayyan vaqtning bir qismida nagruzkani ta’minlab, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlaydi, vaqtning boshqa qismida kichik nagruzkada zaxirada bo’ladi; bunda nagruzka zanjirini akkumulyatorlar batareyasi ta’minlaydi. Kondensator Zaryadlash qurilmasi kondensatorlarni normal rejimda zaryadlaydi. To’g’rilagich Zaryadlash qurilmasi bir fazali kam quvvatli bo’lib, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlashda kuchlanish transformatorning ikkilamchi chulg’amidan to’g’rilab olinadi; 2) portlatuvishlarida Zaryadlash qurilmasi zaryad bo’shlig’ini portlatuv moddalari (PM) bilan to’ldiradigan mexanizm yoki mashina. Ikki guruhga: tarkibida nitroefirlar yoki geksagenlar bo’lmagan patronlashgan PM bilan zaryadlash va granula (donador)langan PM bilan zaryadlash xillariga bo’linadi. Birinchi guruhi yaxshi takomillashmaganligi va qimmatligi tufayli ishlatilmaydi. Ikkinchi guruhi konlar, shaxtalar, quduqlarni zaryadlashda qo’llaniladi. Sapi Majidov.