ZASTAVNIKOV GEORGIY IVANOVICH

ZASTAVNIKOV GEORGIY IVANOVICH (1898.13.12—1970.13.2, Toshkent) tsirk artisti. O’zbekiston xalq artisti (1964). 1907 yildan ukasi Vladimir Ivanovich Zastavnikov (1900-1926) bilan Turkistonning shahar va qishloqlarida qo’sh chigariq, aylanadigan temir shoti ustida gimnastika tomoshalari ko’rsatgan. Komik akrobatlar (Shax va Mat), 1913 y.dan kupletchi masxarabozlar, buffmasxarabozlar sifatida shuhrat qozonganlar. O’rgatilgan hayvonlar bilan bo’lgan tomoshalarida komediyali, satirik yoki taqlidiy sahnalar ko’rsatdi. “4 g” (antifashistik pamflet, Gitler, Gebels, Gering, Gimmler haqida) va boshqa tomoshalari mashhur bo’lgan. 1918— 22 yillarda Buxoroda, keyinchalik V. Lazarenko bilan Farg’onada tomosha ko’rsatgan (1930). U 40 yil davomida hamma manejlarda it o’ynatish tomoshasi bilan chiqqan. O’zbek tsirk jamoasida masxaraboz-hayvon o’rgatuvchi bo’lib ishlagan.