ZAYSAN

ZAYSAN — Qozog’iston Respublikasidagi ko’l. Janubiy Oltoy va Tarbag’atoy tog’ tizmalari oralig’ida, dengiz sathidan 395 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 1800 kilometr kvadrat, uzunligi Ill kilometr, eni 30 kilometr, chuqurligi 4-10 metr. Zaysanga qora Irtish daryosi quyiladi, Irtish (oq Irtish) daryosi oqib chiqadi. Noyabrdan maygacha muzlab yotadi. Irtish daryosida Buxtarma suv ombori qurilishi natijasida Zaysan shu suv ombori bilan tutashib, uning suv sathi 7 metrga ko’tarildi, yuzasi 5500 kilometr kvadratga yetdi. Zaysanning suvi chuchuk va tiniq. Ko’lda kema qatnaydi.