ZAYSAN SOYLIGI
ZAYSAN SOYLIGI – Qozog’iston Respublikasidagi soylik, shimolda Janubiy Oltoy, Janubda Tarbag’atoy va Saur tizmalari oralig’ida. Zaysan soyligi tubining balandligi tog’lar etagida 370 metr (Zaysan ko’li) dan 900-1000 metrgacha. Yer yuzasi kaynozoy ko’l va daryo balchiqlari va qumdan tuzilgan. Onda-sonda soylik tekisliklaridan qoldiq tog’massivlari ko’tarilib turadi. Janubiy Oltoy va Tarbag’atoydan oqib tushuvchi daryolar suvi sug’orishga sarflanib, Zaysan ko’liga yetib bormaydi, faqatgina qora Irtish quyiladi. Soylikda chala cho’l landshafti bo’lib, asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Qora Irtish deltasida to’qayzorlar bor.