“ZEVARXON”

“ZEVARXON” — o’zbek xalq dostoni. Mavzui va uslubi jihatidan yozma adabiyotdagi sarguzasht asarlarga yaqin. Dostonda muhabbat, sadoqat va do’stlik g’oyalari tarannum etiladi. Unda Bog’dod shahzodasi Zevarxon ov vaqtida Shamshod podshosining qizi Malikai Xubonni uchratib, unga oshiq bo’lib qolishi, ikki yosh birbirlariga yetishgunga qadar boshdan kechirgan sarguzashtlar hikoya etiladi. Malikai Xubon timsolida go’zal, aql-idrok, fahmu farosatda va kuch-quvvatda erkaklardan qolishmaydigan ayollar obrazi mujassamlangan. “Zevarxon” ning turli variantlari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti arxivida saqlanadi. Fozil Yo’ldosh o’g’li aytgan variant nashr etilgan (1970).