ZEYDMAN BORIS ISAAKOVICH
ZEYDMAN BORIS ISAAKOVICH (1908. 10.2, Peterburg 1981. 30.12, Toshkent) — kompozitor, pedagog. O’zbekiston xalq artisti (1978), Ozarbayjon (1956) va O’zbekiston (1964) da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, prof. (1949). Leningrad konservatoriyasini va aspiranturasini (1936) tugatgan. Saratov (1931-33) va Leningrad (1933— 39) musiqa bilim yurtlarida o’qituvchi, Ozarbayjon (193957) va Toshkent (1957-81) konservatoriyalarida kompozisiyadan dars bergan. Shogirdlari — F. Amirov, S. Aleskerov, N. Muxatov, M. Kajlaev, O’zbekistonda — R. Hamrayev, T. Qurbonov, N. Zokirov, E. Solihov, Sh. Shoymardonova, D. Omonullayeva va boshqalar. 8 opera — “Maskarad” (1958), “Zaynab va omon” (T. Sodiqov, D. Zokirov va Yu. Rajabiy bilan hamkorlikda, 1958) va boshqalar; 5 balet — “Oltin kalitcha” (1959), “Kulib turadigan odam” (1962) va boshqalar; 2 musiqali drama — “O’g’il uylantirish” (S. Yudakov, Yu. Rajabiy bilan), “Qari qiz” (F. Toshmatov bilan); 5 simfoniya, kontsert va kamercholg’u asarlar, romans va qo’shiqlar muallifi. Ijodida rus mumtoz musiqa an’analariga tayangan.