ZEYEBEK EFFEKTI
ZEYEBEK EFFEKTI — ketma-ket ulangan turli o’tkazgichlardan iborat elektr zanjirda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) — termoeyuk hosil bo’lishi; bunda o’tkazgichlar o’rtasidagi kontaktlar har xil temperaturalarda tutib turiladi. Termoelektr effekt deb ham ataladi. Nemis fizigi T. I. Zeebek 1821 yilda kashf etgan. Termoelement yoki termoparalar Zeyebek effektiga asoslangan. Zeyebek effekti yuqori temperaturalarni o’lchash hamda juda kuchsiz tra farqlarini aniqlashga tatbiq qilinadi.