ZEYEMAN EFFEKTI

ZEYEMAN EFFEKTI — atom va atom sistemalarining magnit maydonda energiya sathlari va spektral chiziqlarining ajralishi. P. Zeyeman natriy bug’ining magnit maydonida yorug’lanishini tekshirish paytida kashf etgan (1896). Zeyeman effektining sodir bo’lishiga magnit momentiga ega atom sistemasining tashqi magnit maydonida qo’shimcha energiya olishi sabab bo’ladi. Natijada uning energiya satxlari va, demak, spektr chiziqlari ajraladi. Zeyeman effektini kuzatish uchun P. Zeyeman bir jinsli, kuchli (10-15000 Ersted) elektromagnit qutblari orasiga chiziqli spektr manbai (masalan, vakuum yoyi) joylashtirib, undan chiqayotgan yorug’lik nurini katta ajratish kuchiga ega bo’lgan spektral apparat S ga yo’naltirgan. Nur qutblanishini kuzatish uchun uning yo’liga analizator joylashtirilgan. Qutblantirgich vazifasini magnit maydoni bajargan. Hodisa ikki yo’nalishda: maydonga tik va maydon yo’nalishida kuzatilgan. Oddiy chastota v li atom spektrlari (masalan, N, Zn, Cd) magnit maydoniga kiritilgandan so’ng maydon yo’nalishi bo’yicha v—Av va v+Av dubletiga va maydonga tik yo’nalish bo’yicha kuzatilganda esa V—Av, v va v+Av tripletiga ajralgan. Zeyeman effekti elektronlarning mavjudligini va atomlarning murakkab tuzilganligini isbotlashda juda muhim rol o’ynadi. U elektronlar qobig’idagi electron magnit momenti proyektsiyasining diskret qiymatiga bog’liqbo’lgan energetik darajasi haqida ham bevosita ma’lumot beradi.