ZININ NIKOLAY NIKOLAYEVICH

ZININ NIKOLAY NIKOLAYEVICH (1812. 25. 8, Shusha — 1880. 18. 2, Peterburg) — rus organik kimyogari, Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1865 yildan). Peterburg Tibbiyot-xirurgiya akademiyasining professori (1848— 74). Ilk bor kaliy tsianid ishtirokida benzaldegidni kondensatlab, benzoin va uni nitrat kislota bilan oksidlab, benzil olgan. Zinin 1842 yilda aromatik nitro birikmalardan aromatik aminlar olish usulini kashf etgan, shu usulda anilin va a naftalin sintez qilgan, fenildiamin va dezoksibenzoin (1844), benzidin (1845) olgan. Benzidin birikmalarini qayta guruhlashni taklif qilgan.