ZIRA

ZIRA (Bunium persicum) — ziradoshlar oilasiga mansub ko’p yillik xushbo’y ziravor o’simlik. Bo’yi 40-60 santimetr. Poyasining yarmidan yuqorisi shohlangan. Ildizi tugunakli. Tupbarglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Bargi ipsimon bo’laklarga bo’lingan. Gullari oq, mayda, har bir soyabonchada 20-30 tadan. Iyunda gullaydi, urug’i iyulda pishadi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlarida, tog’yon bag’irlarida ko’p o’sadi. Urug’i mayda, cho’ziq, qoramtir-jigarrang, sirti taramtaram, juda xushbo’y. Tarkibida 2,753,0% efir moyi bor. O’rta Osiyo xalqlari go’sht tuzlashda, qazi va boshqa ovqatlar tayyorlashda qadimdan keng foydalanib keladi. Xalq tabobatida me’da kasalliklarini davolashda, siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi.