ZIZIFUS

ZIZIFUS (Zizyphus) — jumrutdoshlarga mansub daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik va subtropik hududlarida 100 ga yaqin turi o’sadi. O’rta dengiz va Sharqiy Osiyoda Mavritaniya Zizifusi (Zizifus mauritiana) va chin yuyubu yoki unabi (Zizifus jujuba) ekiladi. Qurgoqchilikka, issiqqa va sovuqqa chidamli. Yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi. Mevasida (jiydasida) qand, S vitamin ko’p, yangiligida yeyiladi, quritiladi. Sukatlar, kompot, pastila tayyorlanadi. O’rta Osiyoda unabi turi o’stiriladi.