ZOKIROV AKMAL BOQIJONOVICH

ZOKIROV AKMAL BOQIJONOVICH (1971.7.5, Toshkent) — kikboksing bo’yicha jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi (1996). 1993 yildan Toshkentdagi “Billur” sport klubida kikboksing bilan shug’ullana boshladi. Murabbiysi — B. Sh. Zokirov. Zokirko’l 1994 — 98 yillarda O’zbekiston chempioni, 1994 yil Osiyo chempionatida 1-o’rin, 1995 yil jahon chempionatida (Kiyev) 2-o’rinni egalladi. -jahon chempionatida (Praga, 1996) 55 kilogramm vaznda g’olib bo’ldi. Birmingem (Angliya), Dubrovnik (Xorvatiya), Gdansk (Polsha)da bo’lib o’tgan jahon chempionatlari sovrindori. Zokirko’l yosh kikboksingchilar bilan muntazam mashg’ulot olib boradi.