ZOKIROV PO’LAT QODIROVICH

ZOKIROV PO’LAT QODIROVICH (1932.15.1, Jalolobod — 1993.21.10, Toshkent) -geobotanik, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1989), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1983), O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutida ilmiy xodim (1957-68), laboratoriya mudiri (1969-82), ToshDU yuksak o’simliklar kafedrasi professor (1983 85), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika bog’i direktori (1985-93). O’simlik xom ashyolari, o’tloqlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, geobotanik rayonlashtirish va xaritalar tuzish ustida tadqiqot olib borgan.